Archives Dekabr 2019

Barcha kasalliklar miyadanmi?

Barcha kasalliklar miyadanmi?

Psixosomatika – somatik(tana) kasalliklarning yuzaga kelishida psixologik omillarning ta’sirini o’rganadigan tibbiyot va psixologiyaga taaluqli yo’nalish. Psixosomatika kasalliklarida insonning kasalliklari ong osti, fikrlari,qalbidagi psixologik beqarorlik, muvozanatsizlik sababli kelib chiqadi degan fikrni olg’a suruvchi fan. Agar tibbiy ko’rik kasallikning fiziologik yoki organik sababini topmasa yoki kasallik natijasi jahl, xavotir, depressiya, aybdorlik hissi sababli bo’lsa unda bu kasallik psixosomatik kasallik deya tasniflanadi. Psixosomatik kasallikda inson o’z ongidan,qalbidan,fikrlaridan,passiv kayfiyatdan,negativdan qutulmas ekan tibbiy davolanish natijasida kasallikdan vaqtincha yoki umuman tuzalmaydi. Yoki boshqacha tushuntirganda bizning kasal bo’lishimizda g’am-g’ussalarimiz sababchi. Bu esa psixosomatika deb ataladi.

«Agar biz qandaydir muammoni eshikdan quvsak, keyinchalik u kasallik belgisi sifatida derazadan kirib keladi»

Z.Freyd

Agar inson muammoni yechmay unga be’etibor bo’lsa, kishi kasallikdan qochib qutula olmaydi. Har birimiz yoqimsiz bo’lgan o’ylarni haydashga intilamiz. Oqibatda biz muammolarni chetga surib qo’yamiz, ularni yechmaymiz. Biz muammolarni tahlil qilmaymiz, ularga tik ko’z bilan qarashga ular bilan to’qnashishdan qo’rqamiz. Natijada bizning muammolarimiz psixologik (amalga oshmagan istaklar, orzular va natijasiz intilishlar) bosqichdan o’tib fiziologik bosqichda kasallik ko’rinishida shakllanadi.

Abu Ali ibn Sino shunday degan ekanlar: «Biz zohiriy kasalliklarni davolash yo’llarini yozib qo’ydik. Bizdan keyingilar botiniy illatlarga shifo topadi, deb umid qilamiz»

Psixosomatik kasallik o’zaro munosabatlardagi muammolar natijasida, stress yoki ko’pincha tashqi ta’sirlar va insonlar tufayli paydo bo’lishi mumkin.

Ilm-fanda hatto psixologik holatning inson tanasiga ta’sirini o’rganuvchi alohida yo’nalish ham bor. U ham psixosomatika deb ataladi. Biroq bu ikki tushunchani adashtirmaslik lozim: rasmiy tibbiyot «boshdagi» muammolar ba’zi holatlarda kasallikni qo’zg’atishi mumkin deb hisoblasa, muqobil tibbiyot esa – barcha kasalliklar faqat asablar faoliyati natijasi ekanini ta’kidlaydi.

Rasmiy tibbiyotda ko’p o’rganilgan psixologik faktorlar natijasida kelib chiqadigan psixosomatik sindromlar:

Psixogen kardialgiya – bu ruhiy siqilashlar natijasida yurak sohasida paydo bo’luvchi og’riq.

Psixogen astma – asabiy-ruhiy buzilishlar sababli kelib chiqadigan kasallik.

Muqobil tibbiyotdagi psixosomatik kasalliklarni ko’rib o’tsak:

Bosh og’rig’i – o’zni tanqid qilish.

Bel og’rig’i – aybdorlik tuyg’usi.

Jigar kasalligi – jahl, eski xafagarchiliklar.

DAVO

Psixosomatik kasalliklarni psixoterapevt va tibbiy psixolog davolaydi. Bugungi kunda davolash asosan psixoterapevtik usullar bilan birgalikda trankvilizatorlar bilan yoki antidepressantlar bilan amalga oshiriladi.

«Dekart kvadrati»

Qaror qabul qilishda yordam beradigan «DEKART KVADRATI» texnikasi haqida fikr yuritamiz.

«Dekart kvadrati» – bu qaror qabul qilishda yordam beradigan juda kam vaqt talab qiladigan oddiy texnika. Bu ahamiyatli tanlov kriteriyalari va har bir qarorning oqibatlarini aniqlashga yordam beradigan usul. Gap shundaki, qaror qabul qilinishi kerak bo’lgan vaziyatda biz ko’pincha uning bir yoki ikkita jihatiga e’tibor qaratamiz va natijada biz uchun ahamiyatli bo’lgan tanlov kriteriyalariga e’tibor bermasdan o’zimizni berk ko’chaga kiritib qo’yamiz.

Uning mohiyati 4 savolga javob berish orqali muammoni va vaziyatni ko’rib chiqishdan iborat:

  1. Agar bu sodir bo’lsa nima bo’ladi? (Men nima olaman, uning plyus tomonlari).
  2. Agar bu sodir bo’lmasa nima bo’ladi? (Hamma narsa avvalgidek qoladi, istaganimizni ololmaganimizdagi plyus tomonlari).
  3. Agar bu sodir bo’lsa, nima bo’lmaydi? (Istaganimizni olishdagi minus tomonlari).
  4. Agar bunday bo’lmasa, nima bo’lmaydi? (Istagan narsangizni olmaganingizning minus tomonlari).

Bu savollarga diqqatli bo’ling, chunki miya ikki tomonlama rad etishni e’tiborsiz qoldirishni xohlaydi. Va javoblar birinchi savol javoblariga o’xshash bo’lishi mumkin. Bunga yo’l qo’ymang!

Nega bu usul ishlaydi? «Dekart kvadrati» har bir qarorning oqibatlarini aniqlashtirishga yordam beradi. Gap shundaki, hal qilishni talab qiladigan vaziyatda biz ko’pincha bitta pozitsiyaga e’tibor qaratamiz: agar bu sodir bo’lsa nima bo’ladi? «Dekart kvadrati» yordamida biz har xil vaziyatni 4 tomondan ko’rib chiqamiz.

O’g’il bola va uni haqiqiy erkak qilib tarbiyalash


«Jamiyatda yetarlicha ko’p o’g’il bolalar tug’ilmoqda ammo erkaklar borgan sari kamayib ketishyapti. Buning ikkita sabab bor birinchidan, biz o’g’il bolani qanday qilib haqiqiy erkakni tarbiyalashni bilmaymiz ikkinchidan haqiqiy erkakni ulg’aytirishni xohlashimizga amin emasmiz»

Robert Blay

Anglaganingizdek, mavzumiz o’g’il bola va uni haqiqiy erkak qilib tarbiyalash haqida. Keling, mavzuni haqiqiy erkakka bo’lgan ta’rifdan boshlasak. Haqiqiy erkak – bu jamiyat qabul qilgan normalarga mos keluvchi ideal obraz.

Bugungi kunda rivojlangan g’arb mamlakatlarida erkak va ayol orasidagi tafovut borgan sari kamayib borishi bilan birga haqiqiy erkak degan stereotip ham o’zgarib bormoqda. Haqiqiy erkak va haqiqiy ayol tushunchalari katta savol ostida qolayotgan bugungi kunimizda shukrki erkak uchun mardlik, jasorat, g’urur, or, nomus degan jihatlarga bo’lgan ehtiyoj saqlanib qoldi.Xo’sh, mana shu xususiyatlarni shakllantirish uchun nimalarga ahamiyat berish kerak degan haqli savol tug’iladi.
Farzand dunyoga kelar ekan unga eng yaqin inson ona bo’ladi va uni haqiqiy erkak qilib tarbiyalayman degan ayol HAQIQIY AYOL bo’lishi kerak. Bu juda muhim faktor. Oilada ona kuchli, ota passiv bo’lganda yoki biror sababga ko’ra otadan nafratlanib o’sgan o’g’ilning ayollarga taqlid qilishga moyil bo’lishi mumkin. Chunki o’g’il bola avtoritetni qidiradi va unga avtomatik taqlid qiladi.Ayniqsa, oilada qizlar ko’p bo’lib ustiga-ustak ota farzandiga vaqt ajrata olmasa, o’g’ilda qizlarga taqlid qilishdan boshqa yo’li qolmaydi. Bu qiziqishlarda , o’yinlarda ko’rinishi mumkin. Bu holatdan dahshatga tushib fojea yasash yaramaydi. Eng yaxshi usul tarbiyaga erkaklarni jalb etish.Har bir erkakda qo’rquv nimaligini bilmaydigan kuch va muhabbat mavjuddir. Kuchni otadan olsa, mehrni onadan oladi. Mehr muhabbat ko’rsatilgan bola boshqalarga beshavqatlarcha munosabatda bo’lmaydi, yomon yo’lga kirish ehtimoli kamayadi. Lekin mehr bu kap-katta so’loqmondek yigitni yosh boladek erkalatish emas, hurmatli ota-onalar!!! Bolani ulg’ayganini hisobga olmaslik jiddiy muammolarga sabab buladi.Bizni bugungi kungi tarbiyamiz farzandni jamiyatga tayyorlash jarayonida ularni atrofga kamroq zarar yetkazishi, madaniyatli bo’lishiga ko’proq qaratilgan. Biz o’g’il bolaga juda ko’p yo’q deymiz. Unday qilma bunday qilma, bu xavfli kabi.Bu esa undagi energiyani, kuchni, agressiyani cheklaydi. Keyin esa tarbiyaning qaerida xatoga yo’l qo’ydim degan savollarga javob qidiramiz.Albatta o’g’il bolalar tarbiyasi ancha og’ir va mas’uliyatlidir, chunki u qurol kabidir ham kuchli ham xavfli. U bir narsani istaydi o’zini xaqiqiy erkakligiga ishonch xosil qilishni, o’z kuchi va imkoniyatlari chegarasini aniqlashni. Buning uchun o’zini xavfga otishi yoki boshqa bolalar bilan urushishi mumkin.

Qiziq fakt haqida gapirib o’tsak.

Tadqiqotlarda kuzatilishicha, o’g’il bolalarning his-tuyg’ularida xarakterlarida ilmiy tilda «feminizatsiya» degan holat kuzatilyapti. Lotincha «femina» – «ayol» ma’nosini bildiradi. O’g’il bolalar jiddiy bir qarorga kelishda sustlik qilayaptilar, ularda mas’uliyatga nisbatan qo’rquv mavjud, boshqarishdan bo’yin tovlamoqlik, mustaqil qarorga kelishdan qochishga urinish, irodasizlik va o’ta ta’sirchanlik sezilyapti. Bular erkaklarga xos bo’lmagan xolatlar. Buning asosiy sababi esa maktab o’qituvchilarining asosan ayollardan iborat ekanligi. Maktabda ayol o’qituvchilar 80-90 foizi tashkil qiladi. Bu butun dunyoda ijtimoiy muammo bo’lib ulgurgan.

Otasiz o’sayotgan o’g’il bolalar-chi?

Agar ona yolg’iz bo’lsa bu erkak buva, tog’a, amaki, sport murabiyi ham bo’lishi ham mumkin. O’g’il bola kuchni,ishonchni ayol kishidan topa olmaydi.

Xulosa.

O’g’lim bezorilik qilib kuchini zararli mashg’ulotlarga sarflamasin desangiz sportga bering, hayolini yomon fikrlar band qilmasin desangiz biror foydali mehnat yoki hunar bilan mashg’ul qiling. Xaqiqiy Erkak bo’lsin desangiz ko’proq erkaklar ta’sirida bo’lishini ta’minlang. O’g’il bolani kuchli ona dunyoga keltiradi katta qiladi ammo uni haqiqiy erkak qilib ota tarbiyalaydi.

O`z fikr va qarashlaringizni yozib qoldirishni unutmang !!! Biror savolingiz bo`lsa sharh sifatida yozib qoldiring !!!